Jamiyat | 20:23 / 22.01.2016
5220
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada o‘zbekistonlik ayol emizikli go‘dagini 70 ming rublga sotayotgan vaqtda qo‘lga olindi

Moskva viloyatidagi Dolgoprud shahar sudi O‘zbekiston fuqarosi Gulnora Xoshimovani emizikli bolasini sotgani uchun besh yillik qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda Bosh prokuratura saytiga asoslanib Gazeta.ru xabar bermoqda.

Sudning ma'lum qilishicha, Xoshimova Moskva viloyati Dolgoprud shahrida ikki oylik o‘g‘lini 70 ming rublga pullagan.

“Kelishuv operativ xodimlar nazorati ostida bo‘lib o‘tdi. Pulni qabul qilganidan so‘ng u hibsga olindi”, - deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, ayni paytda go‘dak Moskva viloyatidagi davolash muassasalarining birida.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish