Jahon | 08:50 / 22.01.2016
4199
1 daqiqa o‘qiladi

So‘rovnoma: Tramp prezidentlik poygasidagi yetakchiligini mustahkamladi

Milliarder va biznesmen, Nyu-Hempshir shtati vakili sifatida AQSh prezidentligi uchun saylovga o‘z nomzodini ko‘rsatgan respublikachi Donald Tramp prezidentlik poygasidagi yetakchligini yanada mustahkamladi. Bu haqda The Hill xabar tarqatgan.

Oxirgi so‘rovnomalarga ko‘ra, Tramp saylovchilarning 34 foizi ishonchiga ega bo‘lgan. Uning eng yaqin ta'qibchisi Ted Kruzning ko‘rsatkichi esa 14 foiz.

Qayd etilishicha, Kruz keyingi oy ichida 2,5 barobar o‘sishga erishgan 6 foizda 14 foizga.

So‘rovnoma ishtirokchilarining qariyb yarmi Trampni mamlakat iqtisodini yaxshilash va terrorizmga qarshi kurashda faol harakatlana oladigan nomzod sifatida ko‘rmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish