Jamiyat | 22:33 / 22.01.2016
3765
1 daqiqa o‘qiladi

Tom Kruz “Mumiya” filmining yangi versiyasida suratga tushadi

Gollivudlik mashhur aktyor Tom Kruz “Mumiya” filmining yangi versiyasida suratga tushadi, deb xabar bermoqda Variety nashri.

Ta'kidlanishicha, filmni suratga olayotgan Universal studiyasi aktyorning nomzodini bosh rolga tasdiqladi. Filmda, shuningdek, jazoir millatiga mansub raqqosa va aktrisa Sofiya Butella ham ikkinchi darajali rolni ijro etadi.

Filmga Aleks Kurttsman rejissyorlik qiladi.

Xabarda aytilishicha, film premerasi 2017 yil 9 iyuniga belgilangan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish