Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vladivostokda haydovchi yo‘l patruli xodimlari bilan poyga o‘ynab, Periscope'ga joylashtirib bordi
Rossiyaning Vladivostok shahrida kulrang KioRio haydovchisi o‘ziga g‘alati ovunchoq topib oldi. Ikki kun davomida u navbatchi yo‘l patrul xizmati xodimlarini provokatsiya qilib, bir necha bor ularning yonidan 120-130 km/soat tezlikda o‘tdi.
Albatta, bunday qoidabuzarlikka barmoqlar orasidan qaray olmagan inspektorlar darhol uning ortidan quva ketardi. Bezori esa o‘zining qochishini Periscope ijtimoiy tarmog‘i orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qilib borardi. Andrey ismli yigitning do‘stlari uning sarguzashtlariga izoh qoldirib borishardi.
Birinchi oqshom qoidabuzar politsiyadan qochib ketishga muvaffaq bo‘ldi, ammo ertasi kuni qo‘lga olindi va yaqin 3 kun davomida panjara ortida o‘tiradi. Shu vaqt ichida sud unga ma'muriya hibs belgilashi kerak.