Jahon | 18:58 / 22.01.2016
5869
2 daqiqa o‘qiladi

Xokkaydoda yolg‘iz qizaloq uchun yuradigan poyezd hikoyasi minglab turistlar diqqatini tortdi

Yaponiyaning Xokkaydo orolida yolg‘iz qizaloq uchun yuradigan poyezd hikoyasi minglab turistlar diqqatini tortdi. Bu yerga ko‘plab odamlar tashrif buyura boshladi.

Bir necha yil muqaddam bu voqea Yaponiya matbuotida keng yoritilgan edi. Mahalliy temir yo‘l kompaniyasi yo‘lovchilarning yo‘qligi tufayli kichik bir stansiyani yopmoqchi bo‘lgan, ammo qishloqdagi bir qizaloq maktabga borish uchun poyezddan foydalanishini bilib, yopish qarorini uch yilga kechiktirgan edi.

Aslida poyezddan qizdan boshqa yo‘lovchilar ham bo‘lishi aniqlanishiga qaramay, hikoyaning birlamchi versiyasi keng tarqalib, 2015 yili jahon internetida ham ommalashdi.

Syujyet shu darajada mashhur bo‘lib ketdiki, stansiyaga ommaviy tarzda sayyohlar tashrif buyura boshladi. Ayrimlar faqat stansiyaning o‘zini suratga olsa, boshqalar qizning chiqishini kutib turardi.

Natijada mahaliy bloger Mint Jam murojaatnoma chop etib, unda imtihonlarga tayyorlanayotgan qizni tinch qo‘yishni so‘radi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish