Jahon | 16:44 / 23.01.2016
2929
1 daqiqa o‘qiladi

2015 yilda Finlyandiyaga kirib kelgan qochqinlar soni 850 foizga o‘sdi

Finlyandiya immigratsiya xizmatining ma'lum qilishicha, 2015 yilda mamlakatga o‘tgan yillardagiga qaraganda 850 foizga ko‘p qochqinlar kirib kelgan va boshpana so‘ragan. Bu haqda Yle nashrida yozilgan.

Aniqlik kiritilishicha, Finlyandiya migratsiya xizmatiga 2015 yilda 32 ming 476 kishi qochqin sifatida ariza bilan murojaat qilgan.

Kuz faslida har haftada 4 ming nafar qochqin ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Taqqoslash uchun 2014 yilda butun 1 yil ko‘rsatkichi shunchaga teng bo‘lgandi.

Migratsiya xizmatidagilarning ma'lum qilishicha, qochqinlar masalasi bo‘yicha ishlar qat'iy nazorat ostida turibdi. Bundan tashqari qochqinlarning murojaatlarini ko‘rib chiqish muddatini 2 barobar tezlashtirish ko‘zda tutilmoqda.