Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerika kinoakademiyasi tarkibida ayol hakamlar soni 2 barobar oshiriladi
Amerika kinoakademiyasi o‘z tarkibida kamchilikni tashkil etib kelgan ayollar miqdorini 2 barobar oshirmoqchi. Bu haqda tashkilotning rasmiy saytida ma'lum qilingan.
"Kinoakademiya boshqaruv kengashi a'zolar safida bir qator o‘zgarishlar amalga oshirilishi bo‘yicha qarorlarni ma'qulladi. Endi tarkibda turli-tumanlilik yuzaga keltiriladi. Xususan, 2020 yilgacha kinoakademiya tarkibidagi ayollar soni 2 barobar oshiriladi", deyiladi xabarda.
Tashkilot rahbari Sheril Bun Ayzeks bu yangi o‘zgarishlar kutilgan samaralarni berishiga ishonch bildirgan.
Qayd etish kerakki, bu o‘zgarishlar "Oskar" mukofoti atrofidagi mojarolar ortidan amalga oshirilmoqda.
14 yanvar kuni 2016 yilgi nomzodlar nomi e'lon qilingan 5ta asosiy yo‘nalishdagi 20 nafar nomzod qatorida bironta qora tanli aktyorning yo‘qligi turfa noroziliklarga sabab bo‘ldi.
Actors nominate actors. THE "ACADEMY" DOES NOT NOMINATE ACTORS. Actors nominate actors. Remember this #OscarsSoWhite pic.twitter.com/dTPKr5kt8V
— Bret Easton Ellis (@BretEastonEllis) 19 yanvarya 2016
AQSh Kinoakademiyasi “Eng yaxshi film” nominatsiyasi bo‘yicha Oskarga nomzodlarni e'lon qildi
Di Kaprio oltinchi marta «Oskar» mukofoti uchun nomzodlar qatorida
«Eng yaxshi aktrisa» nominatsiyasi bo‘yicha «Oskar»ga nomzodlar nomi e'lon qilindi
Uill Smitning rafiqasi qora tanli aktyorlarni Oskar topshirish marosimiga bormaslikka chaqirdi
Oskar bilan bog‘liq janjal tufayli AQSh kinoakademiyasi tarkibi o‘zgaradi