Jamiyat | 09:27 / 23.01.2016
3628
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh kinoakademiyasi “Oskar” mukofotini topshirish tamoyillarini o‘zgartirmoqda

AQSh kinoakademiyasi “Oskar” mukofotini topshiruvchi qo‘mita tarkibini shakllantirish tamoyillariga o‘zgartirish kiritayotganini e'lon qildi.

Bu qadam 2016 yildagi mukofotga nomzodlar orasida qora tanli aktyorlarning yo‘qligi sababli yuzaga kelgan mojaroga javob bo‘ldi.

Kinoakademiya tashkilot direktorlar kengashi bir ovozdan ovoz beruvchilar tarkibini jinsiy va irqiy alomatlar bo‘yicha turfa qilishga imkon beruvchi bir qator choralarni qabul qilishga qaror qilganini ma'lum qildi.

2016 yildan boshlab akademiyaning ovoz berish huquqiga ega a'zosi maqomi 10 yil davom etadi va bu muddat yakunlangandan keyin agar akademik kinosanoatda bu vaqt davomida faol bo‘lgan bo‘lsagina uzaytiriladi. Akademiyaning umrbod a'zosi maqomi agar kinematografchi tashkilotda ketma-ket uch muddat a'zo bo‘lgan yoki “Oskar”ga nomzodi qo‘yilgan bo‘lsagina beriladi.

Bu chora tufayli akademiyada ayollar va irqiy kamchilik vakillari soni 2020 yilgacha ikki barobarga ko‘payishi kerak.

Bundan tashqari, mukofotni olishga nomzodlar soni ham oshiriladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish