Jahon | 20:27 / 23.01.2016
8323
1 daqiqa o‘qiladi

Bayden AQSh Suriyada urush boshlashga tayyorligini ma'lum qildi

AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden Suriyadagi ixtilofni siyosiy yo‘l bilan hal qilib bo‘lmasa, unda uni harbiy yo‘l bilan hal qilishga tayyorligini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Suriya bo‘yicha muzokaralar 25 yanvarda Jyenevada boshlanishi kerak, biroq BMTning Suriya bo‘yicha maxsus vakili Staffan de Mistura muzokaralar boshqa sanaga ko‘chirilishi mumkinligini aytdi.

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Suriyadagi vaziyatni faqatgina siyosiy yo‘l bilangina hal qilish mumkinligini aytgandi. Uning aytishicha, shu vaziyatdagina “kamroq qurbonlar va tahdidlar” bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish