Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevro-2016 turnirida «goal-line» texnologiyasi qo‘llaniladi
UYeFA Fransiyada bo‘lib o‘tadigan Yevropa chempionati va Chempionlar ligasining kelasi mavsumida gol aniqlash texnologiyasidan foydalanishini tasdiqladi.
Tashkilot darvoza ortidagi hakamlar o‘rniga texnologiyalarga ishonch bildirmoqda. Rahbariyat tortishuvlarga sabab bo‘luvchi vaziyatni tez va oson hal qilmoqchi.
Yevro-2016 turniri 10 iyun kuni Fransiya va Ruminiya terma jamoalari uchrashuvi orqali ochib beriladi.
UYeFA ijroiya qo‘mitasi ma'lumotiga ko‘ra, bu texnologiya 2016/17 mavsumdan Chempionlar ligasida ham qo‘llaniladi.
Britaniyaning "Hawk Eye" kamera tizimi futbol ligalari va musobaqalarda juda mashhur hisoblanadi. Premer-liga, Bundesliga, A Seriya "Hawk Eye" tizimidan foydalanadi.