Jahon | 08:24 / 23.01.2016
4615
1 daqiqa o‘qiladi

Interpolning ochiq ma'lumotlar bazasidan Yanukovich haqidagi ma'lumot olib tashlandi

Interpolning rasmiy saytidan Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovich haqidagi ma'lumot olib tashlandi.

“Ukrainskaya pravda” nashrining Interpolning Ukraina bo‘yicha byurosi ishchi apparati boshlig‘i Vasiliy Nevolyaga iqtibos keltirgan holda ta'kidlashicha, bu ma'lumotga ommaviy qirish vaqtinchalik cheklab qo‘yildi.

“Viktor Yanukovich va uning himoyachilari Fransiyaning Lion sudi va Interpol fayllarini nazorat qilish komissiyasiga xalqaro qidiruvning bekor qilinishi iltimosi bilan shikoyat topshirdi. Bosh kotibiyat komissiyasi shikoyatni ko‘rib chiqishi davomida Yanukovichning qidiruvga berilgani haqidagi ma'lumotga ommaviy kirishni cheklashga qaror qilindi”, deb aytmoqda Nevolya.

Nevolyaning aytishicha, Yanukovichning qidiruvga berilgani haqidagi fayllar Interpolning yopiq bazasida turibdi va unga faqatgina vakolatli shaxslargina kira olishi mumkin.

Avvalroq Interpol Yanukovich prezident bo‘lgan vaqtdagi amaldorlarga qidiruv e'lon qilishdan voz kechgani ma'lum qilingandi.