Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kalugadagi yong‘in vaqtida 3 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
Rossiyaning Kaluga viloyati, Ilinka qishlog‘ida ro‘y bergan yong‘in tufayli O‘zbekistonning 3 nafar fuqarosi halok bo‘lgan. Bu haqda viloyat Tergov qo‘mitasiga asoslangan holda TASS nashri xabar tarqatgan.
"Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, bu hodisa qurbonlari o‘zbekistonliklar edi. Qishloqda ular yashab, qurilish ishlari bilan shug‘ullanishgan. Ular o‘zlari yashab turgan uyga qo‘lbola elektr isitish moslamasi o‘rnatishgan. Yong‘in chiqqan vaqtda uyda 3 ayol hamda bir erkak bor edi. Ayollardan biri yonayotgan uydan chiqishga muvaffaq bo‘lgan", deyiladi xabarda.
Tergovchilarning taxminlariga ko‘ra, bu hodisaga xavfsizlik qoidalariga amal qilinmagani sabab bo‘lgan.
Ayni vaqtda tekshiruv ishlari davom etmoqda.