Jamiyat | 11:22 / 23.01.2016
9915
2 daqiqa o‘qiladi

Kanadalik "mergan o‘quvchi" o‘zining akalari hamda merning qizini otib tashlagani ma'lum bo‘ldi

Kanadaning Saskachevan viloyatidagi La Losh shaharchasidagi maktabda sodir etilgan otishma natijasida qurbon bo‘lganlardan biri shahar meri vazifasini bajaruvchi amaldor Kevin Janvening 23 yoshli qizi bo‘lgan. Assoshieyted nashrining xabariga ko‘ra, u shu maktabda o‘qituvchi sifatida ishlagan.

Kanada huquq tartibot organlari xodimlari ma'lumotiga ko‘ra, La Loshdagi otishma oqibatida halok bo‘lganlar soni 4 nafarni tashkil etmoqda. Shuningdek, 2 kishi jarohatlangan.

Qotil maktabga yo‘l olishdan oldin uyda 2 akasini otib tashlagani aytilgan. Uning akalari va o‘qituvchi qiz o‘rtasida tanishlik bo‘lgani haqida aniq ma'lumotlar berilmagan.

Qotillikning davomi sodir etilgan maktabda 7-12 sinf o‘quvchilari tahsil olishgan. Ayni vaqtda maktab hududi o‘rab olingan, "mergan o‘quvchi" qo‘lga olingan. Uning ismi hamda uni qotillikka undagan sabablar haqida ma'lum emas.

La Losh qishlog‘ida 3 mingga yaqin odam yashaydi, ulardan ko‘pchiligini tub xalqlar vakillari tashkil qiladi.

Kanadadagi maktabdagi otishmada 5 kishi halok bo‘ldi

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish