Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskva metrosining 200-stansiyasi 15 fevralda ochiladigan bo‘ldi
Moskva metrosining Sokolniki liniyasidagi yangi “Salarevo” stansiyasi 15 fevralda ochilishi rejalashtirildi, deb xabar bermoqda “Moskva” agentligi.
Bu yangi stansiya Moskva metrosining 200-stansiyasi bo‘ladi.
“Salarevo” stansiyasini 15 fevralga ochishni mo‘ljallamoqdamiz. Stantsiya to‘liq tayyor, hujjatlarni rasmiylashtirish masalalarini hal qilish va muhandislik qurilmalarini sozlash ishlari qoldi”, deb aytdi jurnalistlarga Moskva merining shaharsozlik siyosati va qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Marat Xusnullin.
Sokolniki liniyasida “Rumyantsevo” va oxirgi stansiya hisoblanuvchi “Salarevo” stansiyalarining ochilishi Moskvaning janubi-g‘arbiy ma'muriy okrugidagi transport yuklanishini 20 foizga kamaytiradi.
“Salarevo” stansiyasi yaqinida avtomobillar va yer usti jamoat transporti uchun avtoturargohni o‘z ichiga oluvchi transport-o‘tish tugunini qurish rejalashtirilmoqda. Bu tirbandliklardan qochgan holda, metroga qulay o‘tirishga imkon beradi.
18 yanvarda “Salarevo” stansiyasiga qo‘shni, Yangi Moskva hududidagi birinchi metro stansiyasi hisoblangan “Rumyantsevo” stansiyasi ochilgandi.