O‘zbekiston | 15:27 / 23.01.2016
4356
2 daqiqa o‘qiladi

Namangandan Yekaterinburgga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslar yo‘lga qo‘yildi

2015 yil 31 dekabrdan Namangan - Yekaterinburg - Namangan yo‘nalishi bo‘yicha «Ural havo yo‘llari» reyslari uchun aviachiptalar sotish boshlangan.

Reyslar «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK va «Ural havo yo‘llari» o‘rtasida imzolangan bitim doirasida yo‘lga qo‘yildi.

Parvozlar haftasiga bir marta haftaning to‘rtinchi kunlari Rossiya aviatashuvchisining Airbus 320 samolyotlarida amalga oshiriladi, deb xabar qiladi MAK axborot xizmati.

Reys HY-7663 har payshanba: Namangandan uchish 11:00da, Yekaterinburgga 14:30 da yetib boradi.

Reys HY-7664 har payshanba : Yekaterinburgdan uchish 06:30 da, Namanganga 09:25 da yetib boradi.

Har bir reysning uchish va qo‘nish vaqti mahalliy vaqt bo‘yicha ko‘rsatilgan.

Ma'lumot uchun, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi Yevropa, Amerika, Yaqin Sharq, Osiyo davlatlarining 21 shahriga, MDH davlatlarining 22 shahriga va 11 yo‘nalishda mamlakat ichida parvozlarni amalga oshiradi.