Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy va Eron o‘zaro munosabatlarning "yangi mavsumi"ni boshladi
Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Xitoy Xalq respublikasi rahbari Si Tszinpin bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda mahalliy televideniyega asoslangan holda Reyter agentligi xabar tarqatgan.
Uchrashuv chog‘ida davlat rahbarlari ikki tomonlama iqtisodiy va siyosiy aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha muhokama o‘tkazishgan va "o‘zaro aloqalarning yangi mavsumi" boshlanishi haqida aytishgan.
"Biz Erondan sanksiyalar yechilishi munosabati bilan yurtimizga Si Tszinpinning kelganini ko‘rib turganimizdan juda xursandmiz", degan Ruhoniy.
U shuningdek, Eron va Xitoy o‘zaro mahsulot ayirboshlash hajmini yiliga 600 mlrd dollarga yetkazish bo‘yicha kelishuvga erishgani haqida aytgan.
Si Tszinpin ham o‘z mamlakatining Eron bilan hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanini qayd etgan va xitoyliklar bu mamlakatning energetika bozoriga katta qiziqish bilan qarashi haqida bildirib o‘tgan.
Bundan oldinroq, Yaponiya Eronga qarshi sanksiyalarni bekor qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.