Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 19:22 / 24.01.2016
4289
1 daqiqa o‘qiladi
Alyaska sohillarida 7,3 magnitudali zilzila yuz berdi
Alyaska sohillarida 7,3 magnitudali zilzila yuz berdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Ta'kidlanishicha, zilzila Pedro-Bey aholi punktidan 50 km uzoqlikda yuz berdi.
Avvalroq Tinch okeani akvatoriyasida, Kuril orollari sohillari yaqinida bir kunda ikkita kichik zilzila yuz bergani ma'lum qilingandi.
Birinchi zilzila Severo-Kurilskdan 133 km uzoqlikda, 120 km chuqurlikda yuz bergan.