Jahon | 18:00 / 24.01.2016
3478
1 daqiqa o‘qiladi

Eronda 40 yil ichidagi ilk aviatsiya sammiti o‘tkazilmoqda

Eron poytaxti Tehron shahrida 2016 yilgi aviatsiya sammiti ish boshladi. Bu haqda IRNA axborot agentligi xabar tarqatgan.

Qayd etilishicha, bu sammit 2 kun davom etadi. Unda qatnashish uchun 35 davlatdan vakillar kelishgan. Bu Eronda keyingi 40 yil ichida ilk marta aviatsion yig‘ilish o‘tishi hisoblanadi.

Marosimda Eronning siyosiy arboblari hamda sanoat sohasi vakillari bilan birgalikda xalqaro miqyosdagi aviakompaniya vakillari ishtirok etishmoqda. Ular Erondan sanksiyalar olinishidan keyingi istiqbol bo‘yicha muhokamalar o‘tkazishi kutilmoqda.

Bundan oldinroq, Gretsiyaning Hellenic Petroleum neft kompaniyasi va Eronning NIOC kompaniyasi bilan Eron neftini xarid qilish bo‘yicha bitim imzolani to‘g‘risida xabar qilingandi.