Jahon | 23:11 / 24.01.2016
4427
1 daqiqa o‘qiladi

Iroq tashqi ishlar vazirligi Saudiya Arabistoni elchisini chaqirtirdi

Iroq tashqi ishlar vazirligi OAVda Iroqda Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan shia militsiyasi haqidagi izohlaridan keyin Saudiya Arabistoni elchisi Txamar al-Sabxonni chaqirtirdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Agentlikning ta'kidlashicha, elchi “Xashd Sha'bi”deb nomlanuvi shia militsiyasi dinlararo keskinlikdan qochish uchun IShIDga qarshi kurashdan chetlashishi va bu kurashni armiya va rasmiy xavfsizlik xizmatiga taqdim qilishi kerak, deb aytgandi.

“Bu bayonot diplomatik bayonnomani buzadi va noaniq ma'lumotga asoslangan”, deb aytilmoqda Iroq Tashqi ishlar vazirligi xabarida.

Vazirlikda ta'kidlanishicha, militsiya terrorchilikka qarshi kurashmoqda va Iroq qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni rahbarligida mamlakat daxlsizligini himoya qilmoqda.