Sport | 08:30 / 24.01.2016
2008
2 daqiqa o‘qiladi

"Manchester Siti" safarda "Vest Hem" bilan durang o‘ynadi

APLning 23 turi doirasida turnir jadvali peshqadamlaridan biri "Manchester Siti" Londonga, "Vest Hem" maydoniga safar qildi va 2:2 hisobidagi durang natija bilan qaytdi.

Qayd etish kerakki, Manuel Pellegrini shogirdlari 2 marta hisobda ortda borib, iroda ko‘rsatgan holda durangga erishishdi.

O‘yinning ilk daqiqasidayoq mezbonlarning ekvadorlik hujumchisi Enner Valensiya hisobni ochdi. 9 daqiqada esa "Vest Hem" jarima maydonchasida himoyachi Karl Jyenkinson Aguero bilan to‘qnashgach, o‘yin hakami penalti belgiladi. Jarima zarbasini jabrlanuvchining o‘zi aniq amalga oshirdi.

Ikkinchi taymda ham Valensiya va Aguero bittadan gol urishdi.

Endilikda, "Manchester Siti" hisobidagi ochkolar soni 44tani tashkil etmoqda va ikkinchi o‘ringa joylashgan. Hali 23 tur uchrashuvini o‘tkazmagan "Arsenal"da bu jamoani quvib o‘tish imkoni mavjud.

"Vest Hem" esa 36 ochko bilan premer-liganing oltinchi o‘rnini band etgan.

"Vest Hem" – "Manchester Siti" – 2:2 (1:1)
Gollar: Valensiya, 1 (1:0). Aguero, 9 – s penalti (1:1). Valensiya, 56 (2:1). Aguero, 81 (2:2).
"Vest Hem": Adrian, Djyenkinson (Biram, 13), Kollinz, Rid, Kressuell, Antonio (Mozes, 65), Song, Nobl, Kuyate, Payye, Valensiya (Yelavich, 87).
"Manchester Siti": Xart, Sanya, Otamendi, Demikelis, Klishi, Xesus Navas (Sterling, 67), Delf (Ixeanacho, 76), Ture, Silva (Fernandu Rejyes, 83), De Breyne, Aguero.
Ogohlantirishlar: Demikelis, 32. Nobl, 39. Biram, 70. Ture, 89. Fernandu Rejyes, 90+4.
Hakam: Pouson.
23 yanvar. London. Stadion "Boleyn Ground (Upton Park)".

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish