Jamiyat | 21:39 / 24.01.2016
2357
2 daqiqa o‘qiladi

Marhum musiqachi Devid Bouining yangi qo‘shiqlari uning o‘limidan keyin chiqadigan bo‘ldi

Britaniyalik musiqachi Devid Boui tayyorlab qo‘ygan bir qator yangi musiqa kompozitsiyalari uning o‘limidan keyin chiqadigan bo‘ldi. Bu haqda The Independent nashri xabar bermoqda.

Birinchi trek 2017 yilda chiqarilishi mumkin. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, qo‘shiqlar ular yozilgan tartibda chiqmasligi mumkin.

18 yanvarda OAVda musiqachining o‘limidan ikki kun avval chiqqan, “Blackstar” nomli oxirgi albomi Rossiyaning iTunes chartlarining 1-pog‘onasiga ko‘tarilib, Adelning “25” nomli plastinkasini 2-o‘ringa tushirib yuborgani ma'lum qilingandi.

Bastakor, xonanda va rassom Devid Boui 10 yanvarda 69 yoshini qarshilagandan ikki kun o‘tib vafot etgan. U yarim yil davomida jigar saratoni bilan kurashib kelgan.

14 yanvarda Bouining jasadi Nyu-Yorkda mahfiy ravishda krematsiya qilingani ma'lum bo‘lgandi. Musiqachining oila a'zolari ham, yaqinlari ham bu jarayonda ishtirok etishmagan.

Boui ijodi davomida 30 ga yaqin albom chiqargan va shuningdek, bir nechta filmlarda rol ijro etgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish