Sport | 20:13 / 24.01.2016
2124
2 daqiqa o‘qiladi

Moskvada o‘tkaziladigan “Shaxmat bo‘yicha eng katta dars” Ginness rekordlar kitobiga kiritilishi mumkin

Shaxmat bo‘yicha Rossiya davlat ijtimoiy universiteti Xalqaro kubogi Moscow Open-2016 dasturiga kiradigan “Shaxmat bo‘yicha eng katta dars” Ginness rekordlar kitobiga kiritilish uchun nomzodlik qilmoqda. Ushbu haqda kubokning direktori Aleksandr Kostevning aytgan so‘zlari musobaqaning rasmiy saytida keltirilgan.

“Ginness rekordlar kitobi bizning festival bilan qiziqib qoldi va dasturga “Shaxmat bo‘yicha eng katta dars” yo‘nalishida rekordning o‘rnatilishi jarayoni kiritiladi”, deb aytmoqda Kostev.

Eng ommaviy shaxmat darsiga ro‘yxatdan o‘tish 29 yanvarda bo‘lib o‘tadi. Darsning o‘zi esa Rossiya davlat ijtimoiy universitetining auditoriyalaridan birida bo‘lib o‘tadi va yarim soat davom etadi.

Rossiya davlat ijtimoiy universiteti 12-kubogi Moskvada 29 yanvardan 9 fevralgacha bo‘lib o‘tadi. Festivalning umumiy mukofot jamg‘armasi 4 million 730 ming rublni tashkil qiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish