Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada qurollangan jinoyatchilar tojikistonliklardan 150 ming rublni tortib oldi
Moskvaning janubi-g‘arbida qurollangan jinoyatchilar uch nafar tojikistonlik fuqaroni ular yashagan kvartirada tunab ketdi. Bu haqda huquq-tartibot muassasalaridagi manbaga iqtibos keltirgan holda “Moskva” yangiliklar agentligi ma'lum qildi.
Bosqinchilik haqida jabrlanganlardan biri, 32 yoshli tojikistonlik murojaat qilgan.
Politsiyachilar kvartiraga uch nafar osiyo millatiga mansub jinoyatchi bostirib kirganini aniqlashgan. Jinoyatchilar kvartirada yashaganlarga “pichoqqa o‘xshash buyum” bilan tahdid qilgan. Kvartirada yashaganlardan biri do‘pposlangan.
Jinoyatchilar 150 ming rubl, mobil telefon va erkaklardan birining shaxsiy hujjatlarini o‘g‘irlab ketgan.