Jamiyat | 18:14 / 24.01.2016
6887
1 daqiqa o‘qiladi

Polsha prezidenti o‘z tana a'zolarini ehson qilishini aytdi

Polsha prezidenti Anjyey Duda o‘limidan keyin o‘z tana a'zolari xayr-ehson qilinishiga ruxsat beruvchi hujjatni imzoladi. Bu haqda «Polsha Radiosi» xabar bergan.

"Agar hayotdan ko‘z yumsam, tana a'zolarim ehson qilinishiga roziligimni bildiraman", — dedi prezident Polsha transplantologlari jamiyati simpoziumining ochilishi vaqtida.

Duda barcha polyaklarni o‘zi kabi donorlik kartasini imzolashga chaqirgan.