Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 17:01 / 24.01.2016
5059
1 daqiqa o‘qiladi
Qirg‘izistonda 4,7 magnitudali zilzila ro‘y berdi
24 yanvar kuni Qirg‘iziston hududida 4,7 magnitudali yer silkinishi qayd etildi. Bu haqda Qozog‘iston seysmologlari ma'lum qilishgan.
Qayd etilishicha, zilzila markazi Qozog‘iston poytaxti Ostona shahridan 601 km masofada, O‘zbekiston va Tojikiston chegarasida bo‘lgan. Zilzila o‘chog‘i 30 kilometr chuqurlikda joylashgan.
Hozircha bu hodisa tafsilotlari va u keltirgan zararlar haqida aniq ma'lumotlar keltirilmagan.