Jahon | 09:21 / 24.01.2016
4939
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston janubida Mi-2 rusumli vertolyot qulab tushdi

Qozog‘iston janubidagi Jambul viloyatida joylashgan Turor Risqulov nomli tumanda Mi-2 rusumli vertolyot halokatga uchradi.

Mamlakat ichki ishlar vazirligi tarkibidagi favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi ma'lumotiga ko‘ra, vertolyot 23 yanvar kuni kechasi qulagan.

Ayni vaqtda voqea ro‘y bergan hududga maxsus guruhlar hamda tibbiyot xodimlari jo‘natilgan.

"Hodisa tafsilotlari keyinroq ma'lum qilinadi", deyiladi xabarda.