Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tailandda ikkinchi marta MERS virusi bilan bog‘liq holat qayd etildi
Tailandda MERS (Yaqin Sharq respirator sindromi koronavirusi) virusi bilan bog‘liq ikkinchi holat qayd etildi. Bu haqda Reyter agentligi xabar bergan.
Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligida ma'lum qilinishicha, Bangkokka Omandan kelgan 71 yoshli shaxsda virus aniqlangan.
2015 yilning yozida ham Arab davlatlaridan biridan kelgan shaxsda ham virus aniqlangandi.
Eslatib o‘tamiz, Koreya Respublikasida 2015 yilning may va iyun oylarida MERS koronovirusi keng tarqaldi. Natijada bu kasallik tufayli jami 186 kishi zararlanib, ulardan 36 nafari hayotdan ko‘z yumgan edi.
Yaqin Sharq respirator sindromi koronavirusi — MERS kasalligiga ilk chalinish holati Saudiya Arabistonida 2012 yilda ro‘y bergan bo‘lib, xastalik Yaqin Sharq, Janubiy Koreya, Tailand va boshqa bir qator mamlakatlarga tarqaldi. U erta bosqichlarda hech qanday alohida alomatlarni yuzaga chiqarmaydi. Odatda immuniteti sust, surunkali o‘pka kasalliklari va buyrak yetishmovchiligi mavjud insonlar ushbu kasallikni oson yuqtirib oladi. Hozircha xastalikka qarshi vaksina ishlab chiqilmagan.