Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Viktor Valdes Belgiya chempionatida faoliyatini davom ettiradi
«Manchester Yunayted» jamoasi darvozaboni faoliyatini Belgiya chempionatida davom ettiradi.
«Standard» jamoasi 34 yoshli ushbu darvozabonni ijaraga olgani haqida ma'lum qilgan.
Lej shahri jamoasi ushbu darvozabon bilan u tibbiy ko‘rikdan o‘tgandan keyin bitim imzolashi haqida xabar bergan.
Qayd etish kerakki, «MYu» jamoasi darvozaboni Lui van Gaal tomonidan tarkibdan chetlatilgandi. Jamoa unga APLning boshqa jamoalariga o‘tishni taqiqlab qo‘ygandi. Xususan, «Nyukasl» jamoasidan tushgan taklif rad etilgan.
Bundan oldinroq, mavsum yakunida «MYu» bilan shartnomasi tugaydigan Valdes Meksika yoki Turkiyadagi jamoalardan birida faoliyatini davom ettirishi haqida xabar berilgandi.