Sport | 07:40 / 25.01.2016
3250
2 daqiqa o‘qiladi

“Real“ safarda “Betis“ni yenga olmadi

Ispaniya chempionatining 21-turida “Betis“ “Real“ni qabul qildi.

Bu o‘yinda jamoalar murosa ko‘chasini tanlashdi.

Dastlab, o‘yinning 7-daqiqasidayoq Sexudo mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 71-daqiqaga kelib, Karim Benzema javob golini kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Shu tariqa, “Real“ hisobidagi ochkolar endi  44ta. Jamoa turnir jadvali peshqadamlaridan 4ta kam ochko jamg‘argan holda uchinchi o‘rinda joylashgan. “Betis“ esa 22 ochko bilan 14 o‘rinda.

Ispaniya chempionati, 21-tur

Betis – Real Madrid 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 7 Sexudo, 1:1 – 71 Benzema.
Betis – Adan, Molinero, Petstselya, Bruno Gonsales, Vargas, Ndiayye, Petros, Kadir (Sanches, 58), Fabian Ruis (Sebalos, 51), Sexudo (Portilo, 76), Ruben Kastro.
Real Madrid – Navas, Danilo (Karvaxal, 64), Pepe, Varan, Marselo, Modrich, Kroos, Isko, Xames (Xese, 80), Benzema, Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Vargas (58), Petros (61), Danilo (64), Molinero (69), Karvaxal (90).

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish