Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 00:44 / 25.01.2016
4466
1 daqiqa o‘qiladi
2015 yilda kiberhujumlardan ko‘rilgan ziyonlar 158 mlrd dollarni tashkil qildi
2015 yilda kiberhujumlardan butun dunyo bo‘ylab 158 mlrd dollar ziyon ko‘rilgan, deb xabar bermoqda Symantec kompaniyasining kiberxavfsizlik hisobotiga iqtibos keltirgan holda RNS nashri.
Kompaniyaning baholashicha, o‘tgan yili umumiy hisobda 594 mln kishi kiberhujumlar qurboni bo‘lgan. Bu jinoyatlar ularning har biriga o‘rtacha 358 dollardan aylangan.
Ta'kidlanishicha, har bir kiberhujum oqibatlarini qaytarish uchun o‘rtacha 21 soat sarflangan.