Sport | 06:57 / 25.01.2016
3790
2 daqiqa o‘qiladi

AS: Benzema Ronaldu va Levandovskidan samaradorroq

Madridning “Real” klubining fransiyalik hujumchisi Karim Benzema samaradorlik bo‘yicha eng yaxshi o‘rtacha ko‘rsatkichga ega ekanligini aniqlandi – u raqiblar darvozasini har 68 daqiqada ishg‘ol qilar ekan.

Ispaniyaning AS nashri Karim Benzema va “Real”ning yana bir hujumchisi Krishtianu Ronaldu hamda “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovskining samaradorligini taqqosladi.

Natijada bu uchlikdan eng samarali o‘yinchi fransuz futbolchisi ekanligi ma'lum bo‘ldi.

Karim eng yaxshi natijaga ega bo‘lib, raqiblar darvozasiga har 68 daqiqada to‘p kiritar ekan. Levandovski har 87 daqiqada, Ronaldu esa har 112 daqiqada o‘z hisobiga gol yozib qo‘yishi ma'lum bo‘ldi.

Joriy mavsumda Benzema Ispaniya Primerasida 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, umumiy hisobda o‘z hisobiga 16 ta va 2 ta golli uzatma yozib qo‘ydi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish