Jamiyat | 13:10 / 25.01.2016
6777
1 daqiqa o‘qiladi

Beeline bosh direktori Mixail Slobodin o‘zbekcha osh tayyorladi

Beeline bosh direktori Mixail Slobodin dam olish kunlarida mehmonlari uchun o‘zbekcha osh tayyorladi. Bu haqda u Facebook’dagi sahifasida yozib qoldirgan.

Mazkur postga osh tayyorlash jarayoni aks ettirilgan suratlar, shuningdek, Beeline bosh direktori tomonidan tayyorlangan oshning surati ilova qilingan.

«Bugun mehmonlarni kutib oldim. O‘yimizni xo‘jayini osh qilish kerakligini aytdi. Ular uchun osh tayyorladim. Osh mazali, to‘yimli va ta'kidlash joizki, xamyonbop bo‘ldi. Osh tayyorlash vaqtida muzlab qolganim bekor ketmadi», — deb yozadi Slobodin.

Slobodin, shuningdek, izohlarda yozishicha, umrida birinchi marta osh tayyorlagan. Osh uchun u qo‘y go‘shtidan foydalangan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish