Jahon | 08:14 / 25.01.2016
3173
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiya Ichki ishlar vazirligi mamlakatda favqulodda vaziyat tartibi uzaytirilishini so‘ramoqda

Fransiya ichki ishlar vaziri Bernar Kaznev mamlakatda favqulodda vaziyat tartibi yana ikki oyga uzaytirilishini so‘ramoqda, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

“Biz xavf mavjud deb hisoblagunimizcha, favqulodda vaziyat tartibi amal qilishi kerak”, deb aytdi Kaznev.

Kaznev favqulodda vaziyat “imkoni boricha kamroq muddat” davom etishiga ishonch bildirdi.

13 noyabrda Parijda bir qator teraktlar amalga oshirilgan. Kafelardan birining o‘qqa tutilishi, “Bataklan” teatrida odamlarning garovga olinishi va “Stad de Frans” maydoni oldidagi portlashlar oqibatida 130 kishi halok bo‘lgandi.