Jamiyat | 12:38 / 25.01.2016
2475
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada tojikistonlik erkak 1.7 kg geroin bilan qo‘lga olindi

Moskvaning Lyublino tumanida Tojikiston fuqarosi 1.7 kg geroin bilan qo‘lga olindi. Bu haqda TASS agentligi Federal giyohvand moddalar aylanishi nazorati xizmati Moskva shahar boshqarmasi matbuot xizmatiga tayangan holda ma'lumot bermoqda.

“23 yoshli Tojikistonda tug‘ilgan erkak qo‘lga olindi, uni tekshirish chog‘ida yonida 200 gr massali geroin paketi topildi. Uning Stavropol ko‘chasidagi ijara xonadoni tekshirilganida 1.5 kg geroin, shuningdek, elektron tarozi va o‘rash materiallari topildi”, - deyiladi xabarnomada.

Aniqlanishicha, yosh yigit geroinni dilerlardan qarzga olib, mayda partiyalar bilan Moskva viloyati hududia sotib kelgan. Voqea yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish