Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Noyob Ferrari kupesi 2.8 mln dollarga baholandi
Arizona shtatidagi RM Sotheby’s kim oshdi uyi 1985 yili chiqarilgan, 14 975 km yo‘l bosgan Ferrari 288 GTO kupesini sotuvga qo‘yadi. Uning taxminiy narxi 2.4-2.8 mln dollardir.
Aytilishcha, ushbu avtomobil muqaddam olti kishiga tegishli bo‘lgan. Ilk bora uni 1980-yillarda Los-Anjyelesda Ferrari’ning rasmiy dileridan sotib olishgan. Oxirgi marta esa u 2011 yili xarid qilinib, 30 ming dollarga kapital ta'mirdan chiqarilgan.

Kompaniya 288 GTO modelini Rallining V guruhidagi omologatsiyasi uchun tayyorlagan edi. Jami 200 nusxada chiqarilgan model jahon chempionatida ishtirok eta olmadi: 1986 yili Henri Toyvonenning halokatidan so‘ng V guruhi taqiqlandi. Shunga qaramay, ishlab chiqarish davom etdi va modelning jami 272 nusxasi chiqarildi.
Ferrari 288 GTO 8 silindrli 2 turbinali 400 ot kuchiga ega motor bilan ta'minlangan. Kupe 100 km/soat tezlikka 4.9 sekundda erishadi. Maksimal tezlik 300 km/soatdan oshadi.
2014 yili 1984 yili chiqarilgan 288 GTO RM Auctions 2.75 mln dollarga sotilgan edi.




