Jamiyat | 19:57 / 25.01.2016
4337
1 daqiqa o‘qiladi

O‘shda qalbaki pul yasovchi jinoiy guruhning 2 a'zosi qo‘lga olindi

Qirg‘iziston maxsus xizmatlari qalbaki pul tayyorlash bilan shug‘ullangan jinoiy guruhning 2 a'zosini qo‘lga olishdi. Bu haqda Qirg‘iziston IIV saytida ma'lum qilingan.

Ma'lum qilinishicha, O‘sh viloyatining Qora-Suy tumanidagi O‘tuz-Adir qishlog‘ida 1992 va 1993 yillarda tug‘ilgan 2 yigit 200 dollar qalbaki pul bilan qo‘lga tushishgan. Ular E.Murzaxmetov ("Choch" laqabli) tomonidan tuzilgan jinoiy guruh a'zolari ekani aniqlangan.

Ayni vaqtda ularga Jinoyat kodeksining 198 moddasi (qalbaki pullar va qimmatli qog‘ozlarni tayyorlash, saqlash yoki sotish uchun) bo‘yicha jinoiy ish ochilgan.

Bundan tashqari, ulardan biri bir ayoldan tovlamachilik yo‘li bilan 2 ming dollar undirganlikda ayblanadi.