Jahon | 21:44 / 25.01.2016
2707
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya mudofaa vazirligi Suriyada yana bir aviabaza qurilishi haqidagi xabarni inkor etdi

Rossiya mudofaa vazirligi Suriya hududida yangi aviabaza qurilishi mumkinligi haqidagi G‘arbdagi nashrlarda tarqalgan gap-so‘zlarni inkor qildi. Bu haqda vazirlikning rasmiy vakili, general mayor Igor Konashenkov ma'lum qilgan.

"Suriya Arab respublikasi hududida hech qanday yangi aviabaza yoki Rossiya harbiy samolyotlari uchun qo‘shimcha aerodrom yo‘q va ularni qurish ham rejalashtirilmagan", deydi Igor Konashenkov "Interfaks" agentligiga.

"The Times e'lon qilgan xabarlar havaskorona ishlar yoki Turkiya Suriya bilan chegarada, al-Qamishli hududida qo‘shinlarning yirik guruhini to‘playotganligidan chalg‘itishga bo‘lgan noo‘rin urinishlardan boshqa narsa emas", deydi u.

"Biz avval ham bir necha marta Suriyadagi aviaguruhimiz samolyotlari ushbu mamlakatning eng uzoq nuqtasidagi istalgan masofaga yarim soatda yetib borishini bildirganmiz", deyadi Konashenkov.

24 yanvar kuni The Times nashrida Rossiya Suriyada ikkinchi aviabazasini ochib, u yerga qo‘shinlar yuborishga tayyorlanayotganligi haqida xabar berilgandi. Manbada bu aerodromga nafaqat qiruvchi va bombardimonchi samolyotlar, balki yuk tashuvchi yirik samolyotlar joylashtirilishi mumkinligi haqida aytilgandi.

Times: Rossiya va AQSh Suriyaning shimoli-sharqida bir vaqtda bazalar yaratmoqda

Rossiya Suriyada yangi aviabaza qurilishi haqidagi gaplarni inkor qildi

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish