Sport | 21:13 / 25.01.2016
6846
2 daqiqa o‘qiladi

Sanjar Tursunov faoliyatini Qatar chempionatida davom ettiradi

Endilikda Ukrainaning «Vorskla» klubi jamosining sobiq a'zosi, O‘zbekiston terma jamoasiga nomzod bo‘lgan futbolchi Sanjar Tursunov o‘z futbolchilik faoliyatini Qatar chempionatida davom ettirishi mumkin. Ukrainaliklar jamoasi saytida bu futbolchi jamoani tark etgani haqda rasman ma'lum qilingan.

«Royal Taj Mahal» mehmonxonasi oldida Sanjar Tursunov jamoadoshlari bilan qo‘l siqishib xayrlashdi. U vataniga qaytdi. Yo‘q, bugun uning tug‘ilgan kuni emas, O‘zbekistonda ham milliy bayramlardan biri o‘tayotgani yo‘q. Bugun u poltavaliklar safida oxirgi mashg‘ulotini o‘tkazdi. Jamoamizning bu yetakchi futbolchisiga Qatar chempionatidan rad etib bo‘lmas taklif berildi. «Vorskla» va futbolchi shartnomada avvaldan belgilab qo‘yilgan band asosida shartnomani ikki tomonning roziligi bilan bekor qildi. Hozir Tursunov aynan qaysi klubga o‘tayotgani haqida ma'lumot yo‘q. Endilikda «Vorskla»ning sobiq futbolchisi hisoblanadigan Sanjar Tursunov Yaqin sharqqa yangi klubi bilan shartnoma tuzish uchun uchib ketdi.

«Sanjik» (jamoadoshlari uni shunday atashardi) «Vorskla» safida 61ta o‘yinda 10ta gol urdi va 9ta golli pas berdi.

«Vorskla» futbol klubi Sanjar Tursunovga minnatdorchilik bildiradi va keyingi faoliyatida omad tilaydi!», deyiladi xabarda.

Bundan oldinroq, Kun.Uz o‘z manbasiga asoslangan holda Sanjar Tursunov «Vorskla» jamoasini tark etgani haqida xabar bergandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish