Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sevara Nazarxon o‘zi muxlislik qiladigan "Arsenal" jamoasining "Chelsi"ga qarshi o‘yinini tribunada turib tomosha qildi
"Arsenal"ning o‘zbekistonlik eng mashhur muxlislaridan biri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, xonanda Sevara Nazarxon sevimli jamoasining "Chelsi"ga qarshi o‘yinini "Emireyts" stadionida turib tomosha qildi.

U o‘zining instagramiga ushbu o‘yin arafasida tribunada turib tushgan suratlarini joylashtirdi. O‘yindan oldin tushirilgan birinchi surat ostida u jamoasiga omad tilaydi.
Suratlardan ikkinchisi o‘yindan keyin tushirilgan bo‘lib u yerda Sevara "Dahshatli o‘yin! Bir kuni yutamiz, boshqa kuni yutqazamiz. Muhimi yuragimizda olov yonib tursin va shu olov bizni olg‘a boshlasin", deya yozgan.

Qayd etish kerakki, ushbu xonandaning "Arsenal" jamoasining ashaddiy muxlisasi ekani avvaldan ma'lum. U "Arsenal" libosida tushgan suratlarini feysbukka ko‘p marta joylashtirgan.

Sevara Nazarxon 2007 yilda Bahrom Pirimqulov bilan turmush qurgan. U o‘zining umr yo‘ldoshi kim va qanday kasbdaligi haqidagi savollarga aniq javob qaytarmaydi. U bir safar turmush o‘rtog‘ini oshpaz sifatida, boshqa safar haydovchi yoki dizayner deya tanishtiradi.
Ushbu juftlik ayni vaqtda O‘zbekistonda yashaydi. Ularning Dengiz ismli bir farzandi bor. Unga bir necha marta Yevropaga yoki Amerikaga ko‘chib o‘tishni taklif qilishgan, lekin u har safar "o‘zining vatanparvarligini" ro‘kach qilib, bunday takliflarni rad etgan.
Eslatib o‘tamiz, "Arsenal"ning "Chelsi"ga qarshi o‘yini 0:1 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlandi.