Jahon | 06:47 / 25.01.2016
4113
1 daqiqa o‘qiladi

Suriyaning Qamishli shahrida ikkita portlash yuz berdi

Suriyaning shimoli-sharqidagi Qamishli shahrida yuz bergan ikkita portlash oqibatida 2 kishi haloq bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Sutoru” asuriya lashkarlaridagi manbaga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi. 

“Ikkita portlash yuz berdi. Birinchi bomba mototsiklga o‘rnatilgan bo‘lgan”, deb aytdi manba.

Manba birinchi portlashda 10 dan ko‘proq odam yaralanganini qo‘shimcha qildi.

Ikkinchi portlashdagi jabrlanganlar soni aniqlashtirilmagan.