Jahon | 18:09 / 25.01.2016
3835
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikiston Afg‘oniston bilan chegarada maxsus harbiy bo‘linma tashkil qilmoqda

Tojikiston Afg‘oniston bilan chegarada maxsus harbiy bo‘linma tashkil qilmoqda. Bu haqda mamlakat chegara qo‘shinlari bosh boshqarmasi boshlig‘i Rajabali Rahmonali 22 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan parlament quyi palatasi yig‘ilishida aytib o‘tdi.

Rahmonalining ta'kidlashicha, Afg‘oniston chegarasidagi vaziyatning keskinlashishi munosabati bilan chegara qo‘shinlari qo‘mondonligi bu yo‘nalishda maxsus razvedka guruhlari tashkil qilingan. Afganistantoday.ru saytining xabar berishicha, ular qo‘shni davlat hududidagi vaziyatning muntazam ravishda o‘rganib kelmoqda.

Ayni paytda Tojikiston bilan chegaradagi Qunduz, Taxor, Badaxshon viloyatlarining katta qismlari Tolibon harakati jangarilarining nazorati ostida qolmoqda. Ilgari xabar qilinganidek, Tojikiston TIV xavfsizlik maqsadlarida Qunduz va Taxordagi konsulliklarini vaqtinchalik yopib qo‘ygan. Tojikiston chegarasida Kobulga bo‘ysunmaydigan 2 mingga yaqin qurolli shaxslar to‘plangan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish