Jamiyat | 22:34 / 25.01.2016
4263
2 daqiqa o‘qiladi

Viking britan kompaniyasi xodimlari ish o‘rnida “qasr” qurishdi

Ofis texnikasi sotish bilan shug‘ullanuvchi Office Depot britan tashkilotining sho‘'ba korxonasi hisoblangan Viking kompaniyasi xodimlari o‘z ish stollari atrofida bayroqlar, minoralar va ko‘tarma ko‘prikka ega katta “qasr” qurishdi.

Ishchilar o‘z rahbariyatining o‘z stollarini Yangi yilga yasatish haqidagi iltimosiga shu tariqa javob berdilar. “Biz ijodiy jamoa bo‘lganimiz sababli, antiqa nimadir narsa yaratish kerakligiga qaror qildik”, deb aytdilar kompaniya xodimlari o‘zlarining korporativ bloglarida.

Qasr ofisda topilgan karton chiqindilaridan qurildi, unga termokley to‘pponcha bilan yelimlangan 480 tadan ko‘proq “karton g‘ishtcha” ketdi. Kompaniya jamoasi qasrni qurib bitkazish uchun kechasi ham ishda qolishlariga to‘g‘ri keldi, qasrni qurish uchun ularga hammasi bo‘lib 9 soat talab qilindi.

Qasr mualliflarining aytishicha, qasrni qurishda eng murakkab vazifalardan biri 3 metrlik ikkita minorani qurish bo‘ldi. Ular bunday qasrni qurishni istovchilarga termokley to‘pponchalarni elektr tarmog‘iga ulash uchun uzunroq udlinitellarga ega bo‘lishni maslahat berishdi.

Ishchilar qasrni barpo qilishdan tashqari, kartonlardan qalqon, qilich, shlemlar yasashdi.

Viking ishchilari o‘zlarining bu rejalari haqida hamkasblariga xabar berishmadi va ertasi kuni ularning hayratlarini videoga muhrlashdi.

Kompaniya rahbariyati ushbu g‘oyani yuqori baholadi, biroq 25 yanvargacha uni buzib tashlashni talab qildi. Karton qasrning kelgusi taqdiri nima bilan tugagani esa noma'lumligicha qoldi.