Jahon | 12:54 / 25.01.2016
2236
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda iPhone ishlab chiqariladigan Foxconn zavodida yong‘in yuz berdi

Xitoyning Chjenchjou shahridagi Foxconn zavodida 25 yanvarga o‘tar kechasi yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar bergan.

Kompaniya vakilining ma'lum qilishicha, bu hodisa oqibatida jarohatlanganlar yo‘q.

Ayni vaqtda huquqni muhofaza qilish organlari voqea joyida yong‘in tafsilotlarini o‘rganishmoqda.

Xabarda aytilishicha, yong‘in zavodning sovutish tizimidan chiqqan va tomgacha chiqqan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish