Jahon | 10:09 / 25.01.2016
3009
2 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada qor bo‘ronlari vaqtida 8 kishi halok bo‘ldi

Yaponiyada keyingi 2 kunda davom etgan qor bo‘ronlari tufayli 8 kishi halok bo‘lgan. Ulardan 3 nafari Xonsyu oroli shimoli-g‘arbidagi Tottori prefekturasining tog‘li hududidagi uyni qor bosib qolishi tufayli olamdan o‘tgan.

Shuningdek, Yaponiyaning turli hududlarida kuzatilgan qor bo‘ronlari tufayli 5 kishi halok bo‘lgan. Yo‘llardagi noqulay sharoitlar tufayli sodir bo‘layotgan avariyalar tufayli 200 nafardan ortiq kishi jarohatlangan.

Qor bo‘ronlari Yaponiya aviakompaniyalari janubi-g‘arbiy shaharlar yo‘nalishidagi 166ta reysni bekor qilishiga sabab bo‘lgan.

7ta aviakompaniya o‘zining rasmiy saytida yakshanba kuni ertalab Kinki tumani, Sikoku oroli va Kyusyu tumanlariga parvozlarning bekor qilinganini ma'lum qilgan. Nagasaki shahrida kamdan kam uchraydigan holat yuz bergan, bu yerda qor 8 santimetr qalinlikda yoqqan. Kagosimeda esa 4 santimetr. G‘arbdagi Xonsyu oroli Xirosima prefekturasida bir kunda 74 santimetr qor yoqqan, Isikava prefekturasida esa 35 santimetr qor yoqqan.

Yaponiyaning subtropik orolida 1901 yildan beri birinchi marta qor yog‘di

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish