Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston hukumati tolibonlar bilan muzokaralarni zudlik bilan tiklashga tayyor
Afg‘oniston hukumati “Tolibon” harakati vakillari bilan tinch muzokaralarni qayta yo‘lga qo‘yishga tayyorligini ma'lum qildi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Salohiddin Rabboniyga tayanib RIA “Novosti” xabar qilmoqda.
“Biz “Tolibon” harakatning barcha vakillarini muzokaralar o‘tkazish uchun bir stol atrofiga o‘tirishga chaqiramiz. Ko‘rinib turibdiki, bu masala faqatgina tinch yo‘l bilan hal bo‘lishi mumkin, buning harbiy yechimi yo‘q”, - dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Pokiston tomoni ham mamlakat rahbariyatini kelishuv o‘rnatish jarayonini qo‘llab-quvvatlashga chaqirganini ma'lum qildi.