Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 19:56 / 26.01.2016
2682
1 daqiqa o‘qiladi
AQSh koalitsiyasi Iroq va Suriyada IShIDga 18ta zarba berdi
AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya IShIDning Suriya va Iroqdagi pozitsiyalariga 18ta zarba berdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Suriyadagi 3 zarba natijasida jangarilarning taktik pozitsiyalari, shtab binosi va ikki kran yo‘q qilingan.
Iroqning 6 shahrida berilgan 15 zarbada transport vositalari, buldozer, yoqilg‘i saqlash rezervuari, harbiy pozitsiyalar, minomyotlar va qurol-yarog‘ ombori yo‘q qilingan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish