Jahon | 07:21 / 26.01.2016
4347
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda kuchli qor yog‘ishi tufayli 41 kishi halok bo‘ldi

AQShda kuchli qor yog‘ishi tufayli ayni vaqtga kelib 41 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.

Ta'kidlanishicha, barcha o‘limlar yo‘l-transport hodisalari, is gazi bilan zaharlanish hamda qorni tozalash paytida yuz bergan infarktlar oqibatida sodir bo‘lgan.

Vashington, Delaver, Kentukki, Merilend, Nyu-Djyersi, Nyu-York, Shimoliy va Janubiy Karolina, Ogayo, Pensilvaniya, Tennessi, Virginiya shtatlarida halok bo‘lganlar jasadlari topilgan.

Avvalroq Vashingtondagi barcha federal davlat muassasalari 25 yanvarga yopilishi ma'lum qilingandi.

Shuningdek, Nyu-York, Filadelfiya va Baltimor aeroportlari yomon ob-havo sharoiti to‘xtatilgan ishini sekin-asta yana boshlamoqda.