O‘zbekiston | 17:28 / 26.01.2016
3560
1 daqiqa o‘qiladi

Bog‘chalar 171 nomdagi jihozlar bilan ta'minlanadi

Xalq ta'limi, iqtisodiyot va moliya vazirliklarining 16 yanvardagi qo‘shma qarori bilan maktabgacha ta'lim muassasalarini o‘quv-ko‘rgazma qurollari, mebel, texnik vositalar, o‘yinchoqlar, sport buyumlari bilan ta'minlash ko‘zda tutilgan.

Me'yorga ilova qilingan ro‘yxatda jami 171 nomdagi jihozlar ko‘zda tutilgan. Shulardan:
43 nomda guruh jihozlari;
19 nomdagi qo‘shmcha maxsus uskunalar;
109 nomdagi guruh ichi jihozlari.

Bundan tashqari, maktabgacha ta'lim muassasalari jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablag‘lari, nobyudjyet mablag‘lar, mahalliy va xorijiy tashkilotlarning grantlari hisobidan qo‘shimcha uskunalar va zaruriy ashyolar bilan jihozlanishi mumkin bo‘ladi.

Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarining moddiy-texnik ta'minoti belgilangan me'yorlardan past darajada bo‘lmasligi ta'kidlab o‘tildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish