Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tsukerberg ta'tildan keyingi birinchi ish kunida futbolka tanlash bo‘yicha maslahat so‘radi
Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Mark Tsukerberg foydalanuvchilardan ta'tildan keyingi birinchi ish kunida qanday futbolka kiyish bo‘yicha maslahat berishlarini so‘radi. U bu haqda o‘zining sahifasida yozdi.
“Farzand parvarishi uchun olingan ta'tildan keyingi birinchi ish kunim. Egnimga nima kiysam bo‘larkin?”, deb yozdi Tsukerberg.

Qizig‘i, xabarga ilova qilingan suratda tasvirlangan shkaf ichidagi barcha futbolkalar aslida bir xil bo‘lgan, shuning uchun ko‘pchilik foydalanuvchilar “tanlov qiyin bo‘lishini” aytib hazillashishgan. Shuningdek, ko‘pchilik Tsukerbergni ishga qaytishi bilan tabriklashgan.
Mark Tsukerberg va uning rafiqasi Pristsilla Chan 2015 yil 2 dekabrda qiz farzand ko‘rishdi. Bundan avvalroq Tsukerberg farzandi dunyoga kelgach, ikki oylik ta'tilga ketishini ma'lum qilgandi.