Jamiyat | 18:58 / 26.01.2016
13461
1 daqiqa o‘qiladi

Dubay politsiyasi noyob Ferrari'ni 6 yildan beri hibsda tutib turibdi

Italiyaning Ferrari kompaniyasi tomonidan bir necha yuz nusxada chiqarilgan noyob Enzo Dubay politsiyasi tomonidan 6 yildan buyon hibs etilib, qoidabuzar mashinalar turargohida saqlanmoqda.

Dunyoning qimmatbaho avtomobillardan biri bo‘lgan ushbu qizil rangdagi minglab hibs etilgan mashinalar ichida chang bosib yotibdi, deb yozadi mahalliy gazetalar.

Emarat Al Youm nashrining yozishicha, mashina narxi 3 mln dollarni tashkil qiladi va u faqat buyurtma asosida ishlab chiqariladi.

Superkar kompaniya asoschisi Entso Ferrari sharafiga bu nomni olgan. Uning motor gammasini 12 silindrli dvigateldan iborat. Mashina yaponiyalik dizayner Ken Okuyama tomonidan ishlab chiqilgan, so‘ng Parij avtosalonida 2002 yili namoyish etilgan. Mashina cheklangan 349 adadda chiqarilgan.